Выберите язык

Noto‘g‘ri o‘lchamda kesilgan gilam almashtirib berildi

Yangiqo‘rg‘on tumani Qo‘riq mahallasida yashovchi fuqaro tuman markazidagi savdo do‘konidan 5,5 x 4,2 metr o‘lchamdagi gilam buyurtma qilgan.

Biroq do‘kon xodimi tomonidan gilam kelishilgan o‘lchamda emas, noto‘g‘ri kesib berilgan. Iste’molchi gilamni qaytarish va almashtirish masalasida savdo do‘koniga murojaat qilganida, uning talabi qanoatlantirilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro Yangiqo‘rg‘on tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat yo‘lladi.
Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, gilamning haqiqatan ham noto‘g‘ri o‘lchamda kesilgani aniqlandi.

Tuman jamiyati rahbarining aralashuvi natijasida iste’molchiga buyurtma qilingan o‘lchamdagi boshqa gilam yetkazib berildi.
Natijada fuqaroning 980 ming so‘mlik zarari to‘liq bartaraf etildi va iste’molchining qonuniy huquqlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening