Выберите язык

PASTDARG‘OM TUMANIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
Pastdarg‘om tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Guliston MFY hududida joylashgan 39-son oilaviy shifokor punktida iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
Monitoring davomida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifati, navbat tizimi, axborot burchaklari, elektron tizimlardan foydalanish holati hamda iste'molchilarning huquqlariga rioya etilishi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida elektr tarmog‘idagi kuchlanishning pastligi sababli kompyuter texnikalari faoliyatida uzilishlar yuzaga kelayotgani, bu esa elektron tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani aniqlandi.
Monitoring yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening