Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xorazm viloyati hududiy birlashmasi tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Shovot tumani Mevazor mahallasi Xumo ko‘chasi 10-uyda yashovchi fuqaro Pirmetova Shohida Bekchanovna tomonidan 1 400 000 (bir million to‘rt yuz ming) so‘m to‘lov evaziga Samsung rusumli chang yutgich xarid qilingan. Biroq, mahsulot xarid qilinganidan so‘ng qisqa muddat ichida nosoz holatga kelgan.
Shundan so‘ng fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida tegishli tartibda murojaat qilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish ishlari natijasida iste’molchining talabi asosli deb topilib, nuqsonli chang yutgich uchun to‘langan 1 400 000 (bir million to‘rt yuz ming) so‘m pul mablag‘i iste’molchiga to‘liq qaytarib berilishiga erishildi.
Natijada murojaat ijobiy hal etildi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar, shuningdek, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi amaliy choralar samaradorligini yana bir bor namoyon etdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening