Выберите язык

NUQSONLI CHANGYUTGICH UCHUN TO‘LANGAN PUL ISTE’MOLCHIGA QAYTARIB BERILDI

Namangan shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaat asosida iste’molchining huquqlari tiklandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro  Namangan shahrida joylashgan  maishiy texnika savdo do‘konidan 1 480 000 so‘m evaziga changyutgich xarid qilgan. Biroq mahsulot bir necha kun foydalanilgach, unda texnik nosozlik yuzaga kelib, ishlamay qolgan.

Fuqaro ushbu holat yuzasidan do‘kon xodimlariga murojaat qilib, nuqsonli mahsulotni almashtirib berishni so‘ragan. Ammo do‘kon ma’muriyati tomonidan rad javobi berilgan.

Shundan so‘ng iste’molchi yordam so‘rab Namangan shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan do‘kon ma’muriyatiga  qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchining huquqlari tiklanib, nuqsonli changyutgich o‘rniga to‘langan pul mablag‘i  qaytarib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening