Выберите язык

Angor tumanida fuqaroning murojaati o‘rganilib, 6 million so‘mlik konditsioner ta’mirlab berildi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ta’minlash borasida Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Angor tumani Yangi Turmush MFYda yashovchi fuqaro Sharmanova Shiringa tomonidan jamiyatga murojaat qilingan. Murojaatda fuqaro Angor tumanida joylashgan “Ishonch” savdo do‘konidan 2026-yil 29-iyul kuni “AUX” rusumli konditsionerni 12 oyga, oyiga 500 ming so‘mdan, jami 6 million so‘mga muddatli to‘lov asosida xarid qilganini bildirgan.

Konditsioner xonadonga o‘rnatilgach, oradan ko‘p vaqt o‘tmay unda nosozlik yuzaga kelgan. Fuqaro ushbu holatni bartaraf etish maqsadida “Ishonch” savdo do‘koni xodimlariga murojaat qilgan. Biroq murojaatidan keyin ham muammo o‘z vaqtida hal etilmagani sababli iste’molchi Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, “Ishonch” savdo do‘koni rahbariyati bilan tegishli tartibda ish olib borildi. Natijada do‘kon tomonidan yuborilgan master ustalar konditsionerni ta’mirlab, soz holatga keltirdi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati amaliy yordam asosida ijobiy hal etildi. Iste’molchi xarid qilgan maishiy texnikadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur holat iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishda murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda aniqlangan muammolarga amaliy yechim topish muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Fuqaro murojaatining o‘rganilishi natijasida ko‘rsatilgan amaliy yordamdan mamnun bo‘lganini bildirgan.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening