Выберите язык

Sherobod tumanida iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Sherobod tuman iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sherobod tumani “Zarabog‘” mahallasida yashovchi fuqaro Xomidova Madina jamiyatning ijro etuvchi apparati ishonch telefoniga murojaat qilib, xarid qilgan smartfoni bilan bog‘liq muammo yuzasidan yordam so‘ragan.

Fuqaroning murojaati 2026-yil 23-sentabr kuni № IT/X-84-son bilan ro‘yxatga olinib, jamoatchilik tartibida o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida fuqaro POCO rusumli smartfon xarid qilgani va undan foydalanish jarayonida telefonda nuqson mavjudligi aniqlangani ma’lum bo‘ldi.

Murojaat yuzasidan Sherobod tumani hududida faoliyat yuritayotgan smartfon savdo do‘koni egasiga murojaat qilinib, iste’molchining talabi qonun talablari doirasida ko‘rib chiqildi. Natijada fuqaroning xohishiga ko‘ra, nuqsonli POCO rusumli smartfon boshqa turdagi HONNOR 5D Plus rusumli telefonga almashtirilib, tegishli qayta hisob-kitob amalga oshirildi.

Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning xarid qilingan mahsulot bilan bog‘liq muammosi amaliy tarzda bartaraf etildi. Murojaatining ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lgan fuqaro jamiyat boshqaruvi nomiga tashakkurnoma ham yo‘llagan.

Mazkur holat iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, savdo tashkilotlari bilan hamkorlikda muammolarni hal etish va iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash muhimligini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening