Qumqo‘rg‘onda fuqaroning murojaati amaliy yordam asosida ijobiy hal etildi
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni amaliy hal etish muhim yo‘nalishlardan biridir.
Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Mengqobilov Muxlisbek ham o‘zining iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Fuqaroning murojaatiga ko‘ra, u tumandagi Baraka savdo majmuasida joylashgan telefon ustaxonasidan 480 000 so‘mga qo‘l telefoni xarid qilgan. Biroq foydalanish jarayonida telefonning nuqsonli ekani ma’lum bo‘lgan.
Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan fuqaro va telefon ustaxonasi boshlig‘i ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida fuqaro tomonidan xarid qilingan telefonning nuqsonli ekani aniqlanib, masalani qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Jamiyat xodimlarining aralashuvi natijasida fuqaroning 480 000 so‘m mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
Shuningdek, fuqaro Muxlisbek Mengqobilovga murojaati yuzasidan ko‘rilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirgan.
Mazkur murojaatning ijobiy hal etilishi iste’molchi huquqlarini himoya qilish mexanizmlari amalda ishlayotganini ko‘rsatadi. Xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlangan taqdirda iste’molchi o‘z huquqlarini bilishi va qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilishi muhim.
Iste’molchi huquqlarini bilish — o‘z manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolatidir.
























