Выберите язык

📌 NUROBOD TUMANIDA ISTE'MOLCHINING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI

Nurobod tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro tomonidan xarid qilingan videokameraning nosozligi yuzasidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda xarid qilingan videokamera belgilangan tartibda ishlamayotgani sababli mahsulotni qaytarish hamda to‘langan pul mablag‘ini undirishda amaliy yordam so‘ralgan.

Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, sotuvchi bilan muzokaralar va tushuntirish ishlari olib borildi.

 O‘rganish natijasida iste'molchining talabi asosli deb topildi.

Natijada nosoz videokamera sotuvchiga qaytarildi va iste'molchiga mahsulot uchun to‘langan 2 million 300 ming so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi. Shu tariqa, iste'molchining qonuniy huquqlari tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening