Выберите язык

⚡️ Asossiz gaz qarzdorligi bekor qilindi: Koson tumanida isteʼmolchi huquqi tiklandi

📜 Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini tezkor va xolis ko‘rib chiqish hamda adolatni qaror toptirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.

✔️ Xususan, kommunal xizmatlar sohasida asossiz qarzdorliklar, noto‘g‘ri hisob-kitoblar va boshqa muammolar yuzaga kelgan hollarda isteʼmolchilarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilib, ularning buzilgan huquqlari tiklanmoqda.

📍 Qashqadaryo viloyati

📑 Ma'lum etilishicha, Koson tumanida yashovchi fuqaro Sh.M. tuman gaz ta’minoti tomonidan unga nisbatan 1 860 504 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblanganini aniqlagan.

🖋 Bo‘lib o‘tgan voqealikdan ko‘ngli to‘lmagan fuqaro Koson tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan.

🏛 Tuman jamiyati xodimlari masalani yetarlicha o‘rganib, gaz ta’minoti korxonasi mas’ullari bilan muzokara olib borgan. O‘rganish natijasida qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlangan.

✅ Koson tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan huquqiy saʼy-harakatlar natijasida fuqaroning buzilgan huquqi tiklandi va 1 860 504 soʻmlik asossiz qarzdorlik bekor qilindi.

⚖️ Har bir isteʼmolchi adolatli va qonuniy hisob-kitob olish huquqiga ega. Shunday ekan, huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, tegishli tartibda murojaat qilishdan tortinmang.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening