⚡️ Kitob tumanida isteʼmolchi huquqi tiklandi: nosoz yugurish yoʻlakchasi bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
🏛 Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda isteʼmol sohasida yuzaga kelayotgan nizolarni qonuniy asosda hal etish borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
✔️ Xususan, sifatsiz tovarlar xaridi bilan bogʻliq murojaatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, isteʼmolchilarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
📍 Qashqadaryo viloyati
📑 Xuddi shunday murojaatlardan biri, Kitob tumanida yashovchi fuqaro R.S. tumanda joylashgan sport tovarlari sotadigan do'kondan 4 000 000 soʻmga yugurish yoʻlakchasini xarid qilgan.
🖋 Biroq iste'molchi mahsulot sifatsiz ishlagani sababli doʻkonga murojaat qilganida muammo bartaraf etilmagan.
🏢 Fuqaro huquqiy yordam soʻrab Kitob tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
✅ Kitob tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan huquqiy saʼy-harakatlar natijasida isteʼmolchining murojaati qonuniy asosda ijobiy hal etilib, uning 4 000 000 soʻmlik moddiy manfaati himoya qilindi.
⚖️ Har bir isteʼmolchi sifatli va kafolatli mahsulot xarid qilish huquqiga ega.
❗️Agar xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlansa yoki sotuvchi tomonidan muammo bartaraf etilmasa, o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qiling.
























