Выберите язык

Nurobod tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan yillar davomida  "Har bir murojaat – e'tiborda, har bir iste'molchi – himoyada" tamoyili asosida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, aholining huquqiy ongi va iste'mol madaniyatini yuksaltirish maqsadida 25 ta davra suhbati hamda 2 ta o‘quv seminari tashkil etilib, ularda iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik, murojaatlar bilan ishlash tartibi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari yuzasidan keng qamrovli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, ta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimi hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarida keng ko‘lamli monitoringlar o‘tkazildi.

 O‘rganishlar davomida iste'molchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda amaldagi qonunchilik ijrosi atroflicha tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga amaliy taklif va tavsiyalar kiritildi.
Hisobotda murojaatlar bilan ishlash samaradorligiga ham alohida e'tibor qaratildi.

 Ta'kidlanishicha, 2026-yilning birinchi yarim yilligida jamiyatga kelib tushgan 50 ta murojaatning 49 tasi ijobiy hal etilib, iste'molchilar foydasiga 11 million 500 ming so‘m miqdoridagi moddiy va ma'naviy zarar undirib berildi. Bu esa fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasidir.
Shu bilan birga, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish maqsadida ommaviy axborot vositalari hamda "Nurobod iste'molchi huquqlari" Telegram kanali orqali tizim faoliyati, dolzarb yangiliklar va foydali huquqiy tavsiyalar muntazam yoritib borilayotgani qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida Nurobod tumani jamiyati faoliyati yuzasidan bildirilgan taklif va tavsiyalar muhokama qilinib, iste'molchilar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda profilaktik va targ‘ibot ishlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening