Выберите язык

NUROBOD TUMANIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI

Nurobod tumani Yuksalish MFY hududida faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat savdo do‘konlarida iste’molchilarga sotilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida savdo rastalaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari, mahsulotlarning tashqi holati hamda belgilangan talablar asosida sotilishi ko‘zdan kechirildi.

Nazorat jarayonida ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati o‘tganligi aniqlandi. Aniqlangan muddati o‘tgan mahsulotlar savdodan chiqarilib, tegishli tartibda bartaraf etildi.

Shuningdek, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga iste’molchilarga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni taklif etish, mahsulotlarning yaroqlilik muddatini muntazam nazorat qilib borish hamda sanitariya talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening