Выберите язык

   2026-yil 30-sentabr kuni Nurota tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tayanch guruhlari rahbarlari ishtirokida umumiy hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
🔹 Yig‘ilish davomida jamiyatning amalga oshirgan ishlari, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda hududlarda iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘nalishlaridagi ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
⚖️ Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining hududiy birlashma hisobot konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
✅ Yig‘ilish yakunida hududiy birlashma hisobot konferensiyasida ishtirok etish uchun munosib nomzodlar saylab olindi.
🤝 Tadbir davomida kelgusida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va aholining huquqiy xabardorligini yanada oshirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening