Выберите язык

Sirdaryo viloyatida fuqaro tomonidan maishiy texnika do‘konidan xarid qilingan mobil telefonning nosozligi yuzasidan murojaat qilindi. Iste’molchi murojaatidan so‘ng masala tegishli tashkilot aralashuvi bilan ijobiy hal etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro savdo do‘konlaridan biridan 5 million so‘mga mobil telefon xarid qilgan. Biroq ma’lum vaqt o‘tib, qurilmada nosozlik yuzaga kelgan.

Shundan so‘ng iste’molchi savdo nuqtasi sotuvchilariga murojaat qilgan. Unga telefonni servis markaziga olib borish tavsiya etilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Sirdaryo tuman jamiyati tomonidan o‘rganish olib borilgan.

O‘rganish davomida iste’molchining murojaatida keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan. Jamiyat xodimlari servis markazi bilan bog‘lanib, vaziyatni tushuntirgan va iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

Servis markazi tomonidan mobil telefonning foydalanishga yaroqsizligi yuzasidan xulosa berilgan.

Shundan so‘ng nosoz telefon yangi mobil qurilmaga almashtirib berilgan.

Natijada iste’molchining murojaati ijobiy hal etilgan. Fuqaro esa ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun jamiyatga minnatdorchilik bildirgan.

Mazkur holat iste’molchi xarid qilgan tovarida nuqson aniqlangan taqdirda o‘z huquqlarini bilishi va ularni himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening