Выберите язык

2026-yil 20-noyabr kuni Navoiy teleradiokanali DM radioeshittirishlar kanalida efirga uzatilgan “Adolat mezoni” eshittirishida iste’molchilar huquqlariga oid dolzarb masala muhokama qilindi.
🔹 Eshittirishda Navbahor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Fotima Ziyayeva ishtirok etib, dorixonalardan dori vositalarini xarid qilish jarayonida iste’molchilarning huquq va majburiyatlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
⚖️ Suhbat davomida dori vositalarini xarid qilishda iste’molchilar nimalarga e’tibor qaratishi, mahsulot sifati, yaroqlilik muddati, dori vositalari haqidagi zarur ma’lumotlarni olish hamda qonunchilikda belgilangan iste’molchi huquqlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🔹 Shuningdek, iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi, xarid jarayonida mas’uliyat bilan yondashishi va huquqlari buzilgan taqdirda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligi ta’kidlandi.
🤝 Bunday radioeshittirishlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish va qonunchilik talablarini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening