Выберите язык

   Navoiy shahrida iste’molchining sifatsiz mahsulot yuzasidan qilgan murojaati shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi.
🔹 2026-yil 19-noyabr kuni Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga M. Tarobiy ko‘chasida yashovchi fuqaro N. Rashidov yozma murojaat bilan murojaat qildi.
Murojaatda fuqaro Navoiy shahridagi savdo kompleksida joylashgan savdo do‘konidan xonadoni uchun 4 million 800 ming so‘mga xarid qilgan pardasi sifatsiz chiqqanidan noroziligini bildirgan.
⚖️ Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat tezkorlik bilan ko‘rib chiqilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
✅ Natijada murojaat kelib tushgan kunning o‘zidayoq iste’molчига сотувчи томонидан парда учун тўланган 4 million 800 ming so‘m pul mablag‘ining qaytarilishida amaliy yordam berildi.
🤝 Ushbu holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, sifatsiz mahsulotlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan hal etish borasidagi ishlarning amaliy ifodasidir.
Iste’molchi huquqi — doimo e’tiborda!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening