Özbekiston xalqaro iste’molçilar harakatining nufuzli anjumanini qabul qilişga tayyorgarlik körmoqda.
Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federasiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov hamda Xalqaro iste’molçilar taşkiloti (Consumers International) mas’ul vakili Şarlot Broyd iştirokida 2027-yilgi «Global Congress» xalqaro anjumanini mamlakatimizda, xususan, Samarqand şahrida ötkaziş imkoniyatlarini örganiş böyiça amaliy taşrif taşkil etildi.
Taşrifning asosiy maqsadi mazkur nufuzli xalqaro anjumanni Samarqand şahrida ötkaziş imkoniyatlarini joyida örganiş, mavjud infratuzilma va mezbonlik uçun yaratilgan şart-şaroitlarni baholaş, şuningdek, taşkiliy masalalar yuzasidan hamkorlikni yölga qöyişdan iborat böldi.
Taşrif doirasida Samarqand şahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda 2027-yilgi «Global Congress» xalqaro kongressini Samarqand şahrida ötkaziş istiqbollari, tadbirni taşkil etişda mahalliy hokimlikning iştiroki, mavjud imkoniyatlar va özaro hamkorlik yönalişlari muhokama qilindi.
Muloqot davomida xalqaro anjumanni yuqori saviyada taşkil etiş, iştirokçilar uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş, şaharning sayyohlik va transport-logistika salohiyatidan samarali foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, taşrif davomida kongress ötkaziş uçun möljallanayotgan konferensiya zallari, zamonaviy mehmonxonalar, transport-logistika infratuzilmasi va boşqa zarur obyektlar bilan tanişildi.
Uçraşuv va muzokaralarda kongressning taşkiliy şakli, ehtimoliy ötkaziliş muddati, iştirokçilar tarkibi, tomonlarning vazifa va majburiyatlari, moliyalaştiriş mexanizmlari hamda tadbirni taşkil etiş bilan boğliq boşqa muhim masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
«Global Congress» iste’molçilar huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş sohasida xalqaro tajriba almaşiş, dolzarb masalalarni muhokama qiliş va kelgusi hamkorlik yönalişlarini belgilaşga xizmat qiladigan nufuzli xalqaro muloqot maydoni hisoblanadi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan iste’molçilar taşkilotlari rahbarlari, davlat idoralari, xalqaro tuzilmalar, ekspertlar va mutaxassislar iştirok etadi.
Samarqand şahrining boy tarixiy-madaniy merosi, zamonaviy infratuzilmasi, xalqaro sayyohlik salohiyati hamda qulay transport imkoniyatlari mazkur anjumanni ötkaziş uçun muhim omillar hisoblanadi. Bunday nufuzli xalqaro tadbirning Özbekistonda ötkazilişi mamlakatimizning iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş sohasidagi xalqaro hamkorligini yangi bosqiçga olib çiqiş, milliy tajriba va amalga oşirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga keng tanitiş, ilğor xorij tajribasini örganiş hamda yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Amaliy taşrif davomida körsatilgan e’tibor va hamkorlik alohida e’tirof etildi. Federasiya raisi nomidan Samarqand şahar hokimi Fazliddin Umarovga taşrifni taşkil etiş, kongressni Samarqand şahrida ötkaziş imkoniyatlarini örganiş va mazkur taşabbusni qöllab-quvvatlaşda körsatgan amaliy yordami uçun samimiy minnatdorçilik bildirildi.
Işonçimiz komilki, özaro hamkorlik, amaliy muloqot va birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida Samarqand şahrining 2027-yilgi «Global Congress» xalqaro kongressiga mezbonlik qiliş imkoniyatlari munosib namoyon etiladi.
Samarqand – buyuk tarix, boy madaniyat va xalqaro hamkorlik markazi!
























