Выберите язык

Sifatli tibbiy xizmat — iste’molchining qonuniy huquqi
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida Olmaliq shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan shahardagi stomatologiyalarda monitoring-o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida stomatologik xizmat ko‘rsatish jarayoni, iste’molchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlarning taqdim etilishi, xizmatlarning narxlari va iste’molchilarning huquq hamda manfaatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda stomatologik xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar soni ortib borayotgan bir paytda, xizmat ko‘rsatuvchi subyekt va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarning qonuniy va shaffof bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’molchi o‘ziga qanday xizmat ko‘rsatilishi, uning shartlari va qiymati haqida oldindan to‘liq va tushunarli ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Monitoring jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga iste’molchilar huquqlariga rioya qilish, fuqarolarga xizmatlar haqida zarur va tushunarli ma’lumot berish, murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmaslik hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatiga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, iste’molchilarga ham stomatologik xizmatlardan foydalanishda e’tiborli bo‘lish tavsiya etildi. Jumladan, xizmat turini va uning narxini oldindan aniqlash, zarur hollarda xizmat ko‘rsatish shartlari bilan tanishish, to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlab qo‘yish hamda ko‘rsatilgan xizmat sifati bo‘yicha e’tiroz yoki savollar yuzaga kelganda o‘z huquqlarini qonuniy tartibda himoya qilish muhimligi tushuntirildi.
Ayniqsa, fuqarolar stomatologik xizmatdan foydalanayotganda o‘zini faqat bemor sifatida emas, balki pullik xizmatdan foydalanuvchi iste’molchi sifatida ham huquqlarga ega ekanini unutmasligi kerak. Iste’molchi xizmat haqida ma’lumot olish, sifatli xizmat talab qilish va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda tegishli tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
O‘tkazilayotgan monitoring-o‘rganishlarning asosiy maqsadi faqat kamchiliklarni aniqlashdan iborat emas. Bunday tadbirlar orqali iste’molchilar huquqlari buzilishining oldini olish, xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish, aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirish va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada takomillashtirishga erishish ko‘zda tutiladi.
Olmaliq shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining manfaatlarini himoya qilish, turli xizmat ko‘rsatish sohalarida monitoring-o‘rganishlar o‘tkazish hamda iste’molchilarga o‘z huquqlarini tushuntirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Hurmatli iste’molchi! Agar stomatologik yoki boshqa xizmatlardan foydalanish jarayonida huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, muammoni e’tiborsiz qoldirmang. O‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun murojaat qilishingiz mumkin.
📞 1091 — Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishonch telefoni.
🌐 murojaat.istemol.uz — onlayn murojaat yo‘llash imkoniyati.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening