Выберите язык

Bugungi kunda internet va telefon orqali turli aksiya, chegirma va maxsus takliflardan foydalanib, iste’molchilarni chalg‘itishga urinishlar uchramoqda. Ayniqsa, taniqli savdo platformalari yoki tashkilotlar nomidan qo‘ng‘iroq qilib, katta chegirmalar va’da qilish orqali fuqarolarning ishonchiga kirishga harakat qilinishi mumkin. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi Ro‘ziyeva Maftuna Nomon qizining murojaatida ham shunday holat aks etgan. Unga 2026-yil 15-avgust kuni telefon orqali o‘zini “Uzum Market” operatori sifatida tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qilib, 30–40 foizlik aksiya mavjudligini bildirgan. Keyinchalik qo‘ng‘iroq qilgan shaxsning ushbu kompaniyaga aloqador emasligi aniqlangan.

Mazkur murojaat O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon hududiy birlashmasi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan shaxs va 55 588 71 71 telefon raqami orqali Shahrixon tumani yoki bozor hududida onlayn savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor mavjud emasligi aniqlandi. Shu bois iste’molchilarga telefon yoki internet orqali bildirilayotgan har qanday aksiya va chegirma taklifiga shoshilmasdan yondashish, avvalo sotuvchining kimligi, qonuniy faoliyat yuritayotgani, aniq manzili va shartnoma shartlarini tekshirish tavsiya etiladi. Noma’lum shaxslarga ishonib, shoshilinch ravishda pul o‘tkazish yoki hujjatlarni rasmiylashtirish esa keyinchalik turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Unutmang: jozibador chegirma — xavfsiz xarid kafolati emas. Haqiqiy savdo taklifi bilan shubhali taklifni farqlash uchun iste’molchi, avvalo, ma’lumotni tekshirishi va o‘z huquqlarini bilishi lozim. Ishonchli savdo manzilini tanlash, sotuvchi haqida ma’lumot olish va shartnoma mazmunini diqqat bilan o‘rganish — o‘z mablag‘ingiz va huquqlaringizni himoya qilishning muhim shartlaridir. Murojaatni o‘rganish natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening