Выберите язык

Muzrabot tumanida iste’molchining mobil telefon xaridi bilan bog‘liq murojaati o‘rganilib, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Muzrabot tumanida yashovchi fuqaro J.A. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ishonch telefoniga murojaat qilib, Muzrabot tumani maishiy savdo do'konidan onasi nomiga bo‘lib to‘lash asosida xarid qilingan mobil telefon yuzasidan ortiqcha to‘lovlar undirilgani bo‘yicha amaliy yordam so‘ragan.

Murojaatda ta’kidlanishicha, fuqaroning onasi A.X. tomonidan savdo do‘konidan telefon bo‘lib to‘lash asosida xarid qilingan bo‘lib, keyinchalik to‘lov jarayonida ortiqcha mablag‘ undirilgan. Mazkur holat iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan va u masalani qonuniy tartibda hal etish maqsadida tegishli tashkilotga murojaat qilgan.

Ushbu murojaat belgilangan tartibda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimi orqali Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasining Muzrabot tuman jamiyatiga yuborilib, atroflicha o‘rganildi. Murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida fuqaroning vajlari, savdo munosabatlari va to‘lov holatlari tahlil qilindi.

O‘rganish natijasida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topdi va masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Natijada iste’molchi tomonidan so‘ralgan 1 236 000 so‘m miqdoridagi mablag‘ fuqaroning onasi A.X.ning plastik kartasiga qaytarib berildi.

Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning buzilgan huquqlari tiklandi. Fuqaro ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirgan.

Mazkur holat iste’molchilar uchun juda muhim bir haqiqatni yana bir bor namoyon etadi: tovar yoki xizmatni bo‘lib to‘lash asosida xarid qilishda to‘lovlar miqdori, shartnoma shartlari, qo‘shimcha to‘lovlar va hisob-kitoblarning qonuniyligiga alohida e’tibor qaratish zarur. Agar iste’molchi o‘zidan ortiqcha mablag‘ undirilgan deb hisoblasa, u bunday holatda tegishli tashkilotlarga murojaat qilib, o‘z huquqlarini himoya qilishga haqli.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

 

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening