Выберите язык

O‘zbekiston Iste’molchilar Federatsiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zbekiston Iste’molchilar Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlari to‘g‘risidagi huquqiy bilimlarini oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, hamkorlik doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mazkur yo‘nalishda turli ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish ko‘zda tutiladi.
Ushbu memorandum iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ta’lim va amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash yo‘lidagi muhim hamkorliklardan biri hisoblanadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening