Выберите язык

“Sabrina Market” savdo do‘konida o‘rganish ishlari olib borildi

Samarqand shahar, O‘zbekiston ko‘chasi, 37-uy manzilida joylashgan “Sabrina Market” savdo do‘konida Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida savdo do‘konida iste’molchilarga sotilayotgan oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari hamda mahsulotlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarning mavjudligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, xaridorlarga mahsulotlar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot berish, savdo jarayonida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan savdo do‘koni mas’ullariga tegishli tavsiya va huquqiy tushuntirishlar berilib, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish tavsiya etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening