Выберите язык

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan sogʻliqni saqlash sohasiga oid ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar boʻyicha jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Tadbirda: Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha  maslahatchisi - matbuot kotibi Botir Meyliyev hamda Nishon tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Yusuf Suvonovlar ishtirok etishdi.

Jamoatchilik eshituvi davomida Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2026 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Xususan, eshituv ishtirokchilariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hisobot va taqdimotlar namoyish etildi:
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimining 2026 yil birinchi yarim yillik natijalari;

2026 yil yakuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar;

Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimi haqida asosiy ma’lumotlar;

soha tizimidagi kadrlar salohiyati va mavjud imkoniyatlar;

viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar;

Reimbursatsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar;

xususiy tibbiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish borasida erishilgan natijalar;

ijtimoiy himoyaga muhtoj va kambag‘al oilalar bilan ishlash masalalari;

fuqarolar murojaatlari va sayyor qabullar natijalari;

sog‘liqni saqlash sohasida infratuzilmani rivojlantirish masalalari.

Taqdimotlar davomida sohada amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ham ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Jamoatchilik eshituvi ochiq muloqot va fikr almashish ruhida o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening