Выберите язык

Aholi iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, kontrafakt hamda iste’molga yaroqsiz mahsulotlarning savdosiga chek qo‘yish maqsadida Romitan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ichki bozorlarda jamoatchilik monitoringi va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Monitoring jarayonlarida savdo do‘konlari, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning saqlanish holati, yaroqlilik muddati, sifati hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi o‘rganilmoqda.

Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilish holatlari, tadbirkorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolar yuzasidan tegishli tartibda mutasaddi tashkilotlarga taklif hamda taqdimnomalar kiritib borilmoqda. Mazkur tadbirlar aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, iste’molchilar manfaatlarini himoya etish va bozorlarda halol hamda sifatli savdo muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening