Выберите язык

Nukus shahrida iste’molchining sotib olgan plansheti bilan bog‘liq muammo Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Nukus shahrida yashovchi fuqaro Berdimuratova Gulzada 19-sentyabr kuni "Dehqon bozor"da joylashgan "B.M" savdo do‘konidan planshet sotib olgan. Lekin planshet sotib olganiga ko‘p vaqt bo‘lmay ishdan chiqqan.

Iste’molchi bu masala bo‘yicha "601-10-91" ishonch telefoni orqali yordam so‘rab murojaat etgan.

Murojaat o‘rganilib, savdo do‘koni sotuvchisi bilan muzokaralar olib borildi. Natijada iste’molchiga planshet uchun to‘lagan 1 million 250 ming so‘m to‘liq qaytarib berildi.

Bu holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va ularga amaliy yordam ko‘rsatishning ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish - ustuvor vazifalardan biri.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening