Выберите язык

Taxtako‘pir tumanida 1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim sohasi vakillari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram tadbirida tuman hokimi J.Adilov ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan ustozlarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlodni bilimli va tarbiyali etib kamol toptirishdagi mehnatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning yutuqlarini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh pedagoglarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayramda ustozlar uchun yana bir quvonchli yangilik bo‘ldi. "Yil o‘qituvchisi - 2026" tanlovida tuman nomidan qatnashgan Taxtako‘pir tumanidagi 3-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari bor umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Qipchoqboyeva Aynura Paraxatovna g‘olib deb topildi.

Tuman hokimi g‘olibni tabriklab, unga bazaviy hisoblash miqdorining
1 400 baravariga teng - 616 million so‘mlik vaucherni topshirdi.
Ushbu mukofot - ustozning ko‘p yillik mehnati, kasbiy mahorati va ta’lim sohasiga qo‘shib kelayotgan hissasiga berilgan yuksak e’tirofdir.

Bayram tadbirida ustozlarga bag‘ishlangan konsert dasturi ham taqdim etilib, badiiy chiqishlar bilan ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening