Выберите язык

Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida ishtirokchilarga 1091 ishonch telefoniga murojaat qilish tartibi, kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash hamda iste’molchilar duch kelayotgan muammolarni hamkorlikda hal etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davra suhbatida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda iste’molchi huquqlarini ta’minlash, bemorlar bilan ishlash madaniyati va yuzaga keladigan muammoli holatlarning oldini olish bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir yakunida soha xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, murojaatlarni tezkor va samarali ko‘rib chiqish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash muhim ekani ta’kidlandi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening