Выберите язык

Mehr-muruvvat, hamjihatlik, saxiylik xalqimiz ardoqlagan, asrlar osha amal qilib kelayotgan go‘zal fazilatlardandir. Xayr-saxovat, saxiylik insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarining mustahkamlanishiga, o‘zaro hurmat va totuvlikning ortishiga xizmat qiladi.

Qo‘shtepa tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati jamoasi ham xalqimizning bu kabi xayrli ishlaridan chetda turganlari yo‘q. Ramazon hayiti kunlarida Shodlik mahallasida yashovchi, nogironligi bor Xolmat ota holidan xabar olinib, unga nogironlik aravachasi topshirildi. Holidan xabar olish uchun xonadoniga tashrif buyurgan mehmonlardan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan otaxon Yaratgandan yurtimiz, xonadonlarimiz tinchligi, mamlakatimiz obodligini so‘rab, bu kabi xayrli ishlarning boshida turgan barcha rahbar va mas'ul xodimlarning haqiga duo qildilar.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening