Выберите язык

Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning Ibn Sino ko‘chasida istiqomat qiluvchi M.A.ning xorijga ishlash uchun chiqish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan axborot-konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi MChJ xizmatlaridan foydalanishga to‘lovni amalga oshirganligi, biroq xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan berilgan va’da muddatida bajarilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Murojaatida iste’molchi o‘zi va turmush o‘rtog‘i X.A. bilan Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun chiqish maqsadida shartnoma asosida xizmat ko‘rsatuvchiga o‘tgan yilning dekabr oyida jami 10 000 000 so‘m pul to‘lov qilganligi, xizmat ko‘rsatuvchi tomoni ularga 2026 yilning yanvar oyida xorijga chiqishlari mumkinligini aytishganligini, biroq oradan shuncha vaqt o‘tsada Rossiyaga yuborish haqida tayinli javob ololmayotganliklarini ma’lum qilib, to‘langan pul summasini qaytarib olishlarida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Murojaatda keltirilgan vajlar va unga ilova qilingan hujjatlar tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqliligidan kelib chiqib, to‘langan summani qaytarish talabi bilan aloqa xati kiritildi. Aloqa xati xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan o‘rganib chiqilib, fuqarolarga haqiqatda ko‘rsatilgan axborot-konsalting xizmatlari summasini ushlab qolingani holda, jami 8 000 000 so‘m pullari qaytarildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening