Выберите язык

Pop tumanidagi 3-sonli texnikumda talaba-yoshlar o‘rtasida 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tashkil etilib, unda texnikum talabalari va o‘qituvchilar faol ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, ularni himoya qilishning qonuniy asoslari hamda amaliy mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirda mahsulot va xizmatlar sifati, kafolat muddati, tovarlarni qaytarish va almashtirish tartibi, shartnoma munosabatlari hamda iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini to‘g‘ri himoya qilish yo‘llari yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Seminar jarayonida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq va asosli javoblar berildi. Bu esa ishtirokchilarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir yakunida yoshlarni ongli iste’molchi sifatida shakllantirish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda iste’mol madaniyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening