Выберите язык

To‘raqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 23-sonli maktabda o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar davomida o‘quvchilar hamda pedagoglarga iste’molchilarning huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari hamda kundalik hayotda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir jarayonida mahsulot va xizmatlar sifati, kafolat muddati, tovarni qaytarish va almashtirish tartiblari kabi muhim masalalar atroflicha tushuntirildi. Ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Tadbir yakunida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, iste’mol madaniyatini shakllantirish hamda zarur holatlarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening