Выберите язык

Qamashi tumanida elektr ta’minoti bo‘yicha iste'molchi murojaati ijobiy hal etildi

Elektr energiyasi bugungi kunda har bir xonadonning kundalik hayotida muhim o‘rin tutadi.

 Elektr energiyasining barqaror va belgilangan me’yorlarda yetkazib berilishi maishiy texnikalardan xavfsiz foydalanish, xonadonlarni yoritish hamda aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur.

Shu bois elektr ta’minotidagi uzilishlar yoki kuchlanishning pastligi iste’molchilarga sezilarli noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi fuqaro A.T. xonadonidagi elektr ta’minoti kuchlanishi pastligi sababli foydalanish imkoni bo‘lmayotganligini aniqlagan.  

Fuqaro bo'lib o'tgan holatni tushuntirish maqsadida tuman elektr ta'minotiga vaziyatni tushuntirish maqsadida borganida, soha xodimlari bepisandlik qilib eshitishni istamagan. 

Ushbu voqealikdan ko'ngli to'lmagan fuqaro  1091 ishonch telefoni orqali amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

Qamashi tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari murojaatni qonun asosida o‘rganib chiqishdi.

Natijada, muammo o‘z vaqtida ko‘rib chiqildi va  elektr toki iste'molchi xonadoniga har doimgidek o'z me'yorida borishi ta'minlandi. 

Mazkur holat iste’molchi murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va qonuniy huquqlarning ta’minlanishi muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Elektr ta’minotining barqarorligi va sifatli xizmat ko‘rsatilishi har bir iste’molchining qonuniy huquqidir. 

Shu sababli, xizmatlar sifatiga oid muammolarga duch kelgan fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishdan tortinmasliklari lozim.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening