BOSHQA ABONENTNING QARZDORLIGI ISTE’MOLCHI NOMIDAN CHIQARILDI
Ba’zan kommunal xizmatlar bo‘yicha abonent ma’lumotlarining noto‘g‘ri biriktirilishi iste’molchiga ortiqcha noqulaylik va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Ishonch telefoni orqali Namangan tumanida yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste’molchi boshqa shaxsga tegishli maishiy chiqindi xizmati abonenti bo‘yicha qarzdorlik uning nomiga biriktirib qo‘yilganidan hamda boshqa hisob raqamiga amalga oshirilgan to‘lov bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Namangan tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida masala Namangan “Toza Hudud” DM Namangan tuman filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada iste’molchining ism-familiyasi unga tegishli bo‘lmagan abonent hisobidan chiqarildi hamda noto‘g‘ri amalga oshirilgan to‘lovni qaytarish masalasi bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Shu tariqa, fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan muammo ijobiy hal etildi.
Iste’molchilarning kommunal xizmatlar bo‘yicha murojaatlari hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
Boshqa abonentning qarzdorligi iste’molchi nomidan chiqarildi
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 12
























