Выберите язык

TO‘LOV TERMINALI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO BARTARAF ETILDI

Bugungi kunda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida to‘lov terminalining ishlamasligi iste’molchilar uchun noqulaylik tug‘dirib, xaridni amalga oshirishni qiyinlashtirishi mumkin.
Federatsiyaning Telegram boti orqali fuqarodan Pop tumanidagi savdo do‘konida to‘lov terminali ishlamayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida to‘lov terminali bilan bog‘liq muammolar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etildi. Savdo do‘koni rahbari tomonidan terminal soz holatga keltirilib, iste’molchilar uchun elektron to‘lovni amalga oshirish imkoniyati tiklandi.

Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
Iste’molchilar uchun savdo jarayonida ortiqcha qiyinchilik va noqulayliklar yuzaga kelmasligi, ularning qonuniy huquq va manfaatlari ta’minlanishi doimiy e’tiborda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening