Выберите язык

Qamashi tumanida internet (Wi-Fi) xizmati muammosi adolatli yakun topdi 

Zamonaviy hayotda internet xizmati ta’lim, ish, muloqot va axborot olishning ajralmas qismiga aylangan. 

Ayniqsa, xonadonlarda o‘rnatilgan Wi-Fi tarmog‘ining barqaror ishlashi iste’molchilar uchun muhim ahamiyatga ega.

Biroq internet xizmatining uzoq vaqt davomida ishlamasligi va bu boradagi murojaatlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratilmasligi fuqarolarga jiddiy noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

Murojaatda yoritilishicha, Qamashi tumanida yashovchi fuqaro A.I. xonadoniga o‘rnatilgan Wi-Fi internet tarmog‘i 10 kundan buyon ishlamayotganidan norozi bo‘lib, 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Qamashi tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan qonunchilik talablari asosida o‘rganib chiqildi.

O‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan olib borilgan ishlar natijasida iste’molchining internet xizmati tiklandi. 

Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaatlari ta’minlandi.

Internet va aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilar sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatilishini talab qilish huquqiga ega.

Agar xizmat ko‘rsatishda muammolarga duch kelsangiz yoki murojaatlaringiz o‘z vaqtida hal etilmasa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang.

Qonun siz tomonda — o‘z huquqlaringizni biling va adolatli yechim uchun faol bo‘ling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening