Выберите язык

Koson tumanida suyultirilgan gaz baloni muammosi ijobiy hal etildi

Suyultirilgan gaz baloni ko‘plab oilalar uchun oshxona va isitish tizimining asosiy manbai hisoblanadi. Uni o‘z vaqtida to‘ldirish va xavfsiz foydalanish qoidalari har bir iste’molchi uchun muhim ahamiyatga ega.

Ba’zida gaz ta’minoti xizmatlarining kechikishi yoki yetarli ma’lumot berilmasligi oila hayotiga noqulaylik keltirishi mumkin. Bunday holatlarda iste’molchi huquqlarini himoya qilish tizimi muhim rol o‘ynaydi.

Xuddi shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro B.M. yashab turgan mahallasida suyultirilgan gaz baloni o‘z vaqtida to‘ldirilib, fuqaro xonadoniga vaqtida yetkazilmayotganligi aniqlangan.

Fuqaro mahalla idorasi hamda gaz ta'minoti idorasiga murojaat qilib borganida soha xodimlari fuqaroni tinglashni ham istashmagan. Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fuqaro, 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Koson tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tuman gaz ta’minoti korxonasi mutaxassislari birgalikda fuqaroning murojaatini o‘rganib chiqishdi.

Natijada, fuqaroga maishiy gaz baloni to‘ldirib berildi. Shu bilan birga, suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi va murojaat ijobiy yakun topdi. Kommunal xizmatlar, jumladan gaz ta’minoti ham sifatli, o‘z vaqtida va xavfsiz bo‘lishi shart.

Agar gaz baloni o‘z vaqtida to‘ldirilmasa yoki xizmat sifati qoniqarli bo‘lmasa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang. Qonun siz tomonda — adolatli yechim uchun faol bo‘ling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening