Sotuvchi bilan bog‘liq murojaat ijobiy hal etildi
2026-yil 30-iyul kuni M.S tomonidan Bulung‘ur tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Fuqaro o‘z murojaatida vibroapparat xarid qilish jarayonida sotuvchi tomonidan shartnoma tuzishda aldanganidan norozi ekanligini bildirgan. Murojaatchining fikriga ko‘ra, mahsulotni sotish jarayonida shartnoma tuzilishi bilan bog‘liq holatlarda uning iste’molchi sifatidagi huquqlari buzilgan.
Mazkur murojaat Bulung‘ur tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan vibroapparatni sotgan sotuvchi bilan suhbat o‘tkazildi.
Sotuvchiga iste’molchilarning huquqlarini ta’minlash, shartnoma tuzish va uni bekor qilish tartibi hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirish berildi.
O‘rganish natijasida sotuvchi tomonidan fuqaro bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Shu tariqa murojaatchining talab va e’tirozlari inobatga olinib, masala amaliy jihatdan hal etildi.
Sotuvchi tomonidan shartnoma bekor qilinganligi va murojaat bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganligi sababli mazkur murojaatni o‘rganish ishlari to‘xtatildi.
Bulung‘ur tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash hamda tadbirkorlik subyektlariga qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish berish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Sotuvchi bilan bog‘liq murojaat ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 8
























