Выберите язык

To‘langan qarzdorlik bo‘yicha murojaat o‘rganildi
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Ishonch telefoni orqali 2026-yil 5-avgust kuni M.T tomonidan  murojaat kelib tushgan.
Murojaatda Bulung‘ur tumanida joylashgan “SHODLIK” savdo do‘koni xodimlari tomonidan M.Gning avval to‘lab bo‘lgan qarzdorligi yana qayta hisoblangani hamda ushbu qarzdorlik MIB xodimlari tomonidan ham mavjud qarzdorlik sifatida e’tirof etilgani yuzasidan norozilik bildirilgan.
Mazkur murojaat Bulung‘ur tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilinib, “SHODLIK” savdo do‘koni rahbari A.K bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida rahbarga iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qarzdorliklarni to‘g‘ri hisob-kitob qilish hamda fuqarolarga nisbatan asossiz talablar qo‘ymaslik yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.
O‘rganish davomida qarzdorlikning noto‘g‘ri hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishildi.
Shu sababli fuqaroning murojaati bo‘yicha zarur tushuntirish va amaliy choralar ko‘rilganligi hamda tomonlar o‘zaro kelishuvga erishganligi sababli murojaatni o‘rganish ishlari to‘xtatildi.
Bulung‘ur tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening