Выберите язык

Qamashi tumanida yashovchi fuqaro muammosi Qarshi shahrida ijobiy hal etildi 

⚡️ Bugungi kunda elektr energiyasidan samarali va xavfsiz foydalanish har bir xonadon, tashkilot hamda ishlab chiqarish korxonasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi  Yoʻldoshev Shahzod tomonidan murojaat kelib tushdi.

📍Qashqadaryo viloyati

Murojaatda, iste’molchi Qarshi shahrida joylashgan "Farhod" bozoridagi "EPA" doʻkonidan 3 400 000 soʻm naqd pul evaziga tok kuchaytirgich xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib, apparat nosoz holga kelib ishlamay qolgan. Bo'lib o'tgan vaziyatni fuqaro do'kon xodimlariga va rahbariga borib so'zlab berganida, iste'molchiga bepisandlik qilib eshitishni ham istamagan. 

✅ Mazkur murojaat  bo'yicha Qarshi shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari aralashuvi natijasida o'rganish ishlari amalga oshirilib, "EPA" do'konidan 3 400 000 so'mga xarid qilingan yaroqsiz tok kuchaytirgich jamiyat xodimlari tomonidan yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

🤝 Fuqaro ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.

⚖️ Iste’molchi huquqlari — doimiy e’tiborda!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening