Выберите язык

⚡️Qamashi tumanidagi ta'lim muassasalarida federatsiyaning “Tayanch guruhi” rahbarlari bilan targʻibot ishlari olib borilmoqda 

🇺🇿 O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi Shuhrat Xamidovich Tursunov va Qamashi tumani jamiyati raisi Shavkat Musulmonovich Toʻrayevlar tomonidan Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan jamoatchilik monitoringlari olib borildi.

🏢 Shuningdek, tumandagi ta'lim muassasalarida amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari va bu borada federatsiya tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan targ'ibot ishlari ham o'tkazildi.

✔️ Jumladan, olib borilgan targ'ibotlar natijasida, tumandagi 102 ta  umumta'lim maktabi va 32 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining 1100 nafardan ortiq pedagog xodimlarini o'zida birlashtirgan federatsiyaning “Tayanch guruhi” faoliyati qayta yo'lga qo'yildi hamda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening