Выберите язык

⚡️ Qarshi shahrida isteʼmolchi murojaati asosida sifatsiz kiyim muammosi adolatli yakun topdi 

👗 Ayollar kiyimi har bir xonim uchun nafaqat tashqi ko‘rinish, balki o‘zini yaxshi his qilishning muhim qismidir. Shu bois uning sifati va yaroqliligi juda ahamiyatli o'rin tutadi.

📍 Qashqadaryo viloyati

📑 Maʼlum etilishicha, Qarshi tumanida yashovchi fuqaro M.N Qarshi shahrida joylashgan savdo doʻkonidan 450 000 so‘mga ayollar kiyimini xarid qilgan.

🤷‍♀ Biroq kiyim sifatsiz bo'lib chiqib, iste’molchi norozi bo‘lgan. Do‘kon xodimlari muammoni hal qilishdan bosh tortgan.

🏢 Fuqaro huquqiy yordam so‘rab Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

✔️ Jamiyat mutaxassislari masalani o‘rganib, savdo do‘koni rahbariyati bilan suhbatlashgan.

✅ Natijada iste’molchiga to‘langan pulning yarimi qaytarib berilib va qolgan masalalar bartaraf etilib murojaat ijobiy hal etildi.

❗️Har qanday kiyim-kechak yoki maishiy buyum xarid qilganda sifatga e’tibor bering.

⚖ Agar huquqlaringiz buzilsa, qonuniy yo‘llar bilan himoya qilishdan qo‘rqmang!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening