Выберите язык

⚡ Qarshi shahrida elektr dvigateli ta'miri bo'yicha iste'molchi murojaati ijobiy hal etildi

🔧 Elektr dvigatellari qishloq xoʻjaligi va sanoatda muhim ahamiyatga ega. Ularning sifatli taʼmiri va xizmat koʻrsatish har bir isteʼmolchi uchun zarur.

📍 Qashqadaryo viloyati

📑 Murojaatda bayon etilishicha, Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro P.O “ELEKTRODVIGATEL” taʼmirlash ustaxonasida elektr dvigatelini taʼmirlash uchun 3 300 000 soʻm toʻlov qilgan.

🖋 Biroq taʼmirdan keyin ham muammo davom etgan va usta Kadirov Ulugʻbek tomonidan toʻlov qaytarilmagan.

📄 Fuqaro huquqiy yordam soʻrab Qarshi shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

🏢 Jamiyat mutaxassislari masalani prokuratura va tegishli idoralar bilan hamkorlikda oʻrganib chiqishgan.

✅ Natijada fuqaro P.O. ga 1 500 000 soʻm pul qaytarib berilgan va qolgan masalalar boʻyicha tegishli choralar koʻrilib murojaat ijobiy hal etilgan.

❗️Har qanday xizmat, xususan taʼmirlash sohasida ham sifat va adolat talab qiling. Huquqlaringiz buzilganda oʻz vaqtida murojaat qiling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening