Выберите язык

Bugungi kunda restoran, kafe, oshxona va boshqa umumiy ovqatlanish korxonalaridan deyarli har birimiz foydalanamiz. Biroq ko‘pchilik bunday joylarda nafaqat mijoz, balki qonun bilan himoyalangan iste’molchi ekanini bilmaydi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, umumiy ovqatlanish xizmatlaridan foydalanuvchi fuqaro iste’molchi hisoblanadi va uning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinadi.
Iste’molchi qanday huquqlarga ega?
🍽️ Taomnoma (menyu) bilan tanishish huquqi. Unda taomning nomi, narxi va boshqa zarur ma’lumotlar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
ℹ️ To‘liq va ishonchli axborot olish huquqi. Taom tarkibi, porsiya miqdori, xizmat narxi va boshqa muhim ma’lumotlar iste’molchidan yashirilmasligi kerak.
🧾 Chek yoki to‘lov hujjatini olish huquqi. Har bir to‘lov tasdiqlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilishi lozim.
✅ Sifatli va xavfsiz xizmat olish huquqi. Taom sanitariya talablariga javob berishi, xizmat esa belgilangan tartibda ko‘rsatilishi shart.
⚖️ Huquqlari buzilganda murojaat qilish huquqi. Agar xizmat sifatsiz ko‘rsatilgan yoki buyurtma shartlari bajarilmagan bo‘lsa, iste’molchi kamchiliklarni bartaraf etishni, zararni qoplashni yoki qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquqlarini himoya qilishni talab qilishi mumkin.
Ko‘pchilik bilmaydigan muhim jihat
Ayrim fuqarolar restoranga kirgach, buyurtma berganidan keyin uning huquqlari boshlanadi, deb o‘ylaydi. Aslida esa iste’molchining huquqlari xizmat ko‘rsatish jarayoni boshlangan paytdan e’tiboran vujudga keladi. Demak, siz menyu bilan tanishayotgan, buyurtma berayotgan yoki xizmatni kutayotgan vaqtda ham iste’molchi sifatida qonun himoyasidasiz.
Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishi, taomlarning sifati va xavfsizligini ta’minlashi, iste’molchiga to‘liq hamda ishonchli axborot berishi shart.
Unutmang! Restoran, kafe yoki oshxonada ovqatlanayotganingizda siz shunchaki mehmon emas, balki huquqlari qonun bilan himoya qilinadigan iste’molchisiz.
📞 Huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, murojaat qiling:
1091 — Ishonch telefoni
☎️ +998 55 902 70 74
🌐 murojaat.istemol.uz
📲 Telegram: t.me/toshkentviloyati1091IHHQJ

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening