Выберите язык

Joriy yilning 24 iyul kunida Farg‘ona viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining 2026 yil birinchi yarim yilligi faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda ta'kidlandiki:

2026-yilning birinchi yarim yilligida Farg‘ona viloyatida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi tomonidan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, murojaatlarini ko‘rib chiqish va iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

 Hisobot davrida:
- 190 ta o‘quv seminari;
- 191 ta davra suhbati tashkil etildi.

Ommaviy axborot vositalarida iste'molchilar huquqlarini targ‘ib qilish maqsadida:
- 6 ta radioeshittirish;
- 10 ta teleko‘rsatuv;
- 73 ta gazeta, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar;
- Federatsiya sayti hamda Telegram kanallarida 284 ta material e'lon qilindi.

"Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" doirasida hududiy birlashma raisi Ahrorjon Rahmonaliyev Toshloq, Beshariq, O‘zbekiston, Oltiariq va Yozyovon tumanlarida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.

Olti oy davomida tizimga 958 ta murojaat kelib tushdi. 

Ularning:
- 390 tasi yozma,
- 568 tasi og‘zaki murojaatlardir.

Murojaatlarning 926 tasi (96,7 foizi) ijobiy hal etilib, iste'molchilar foydasiga 1 milliard 493 million 507 ming 841 so‘m undirib berildi.

Shundan:
- bevosita murojaatlar bo‘yicha 1 milliard 297 million so‘mdan ortiq mablag‘ iste'molchilar foydasiga hal etildi;
- Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali kelgan murojaatlar bo‘yicha 167 million so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi;
- sudlar orqali ko‘rib chiqilgan ishlar natijasida 28,6 million so‘mdan ortiq moddiy va ma'naviy zarar undirildi.

Murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda:
-  192 tasi ( 20,0 %) –  savdo;
-  193 tasi ( 20,1 %) – gaz ta'minoti;
-   56 tasi ( 5,8 %) – elektr ta'minoti;
-  196 tasi ( 20,5 %) – kommunal xizmat;
-  55 tasi ( 5,7 %) – xizmat ko‘rsatish (servis);
-  80 tasi (8,4 %)– suv ta'minoti; 
-  21 tasi (2,2 %) – aloqa (va internet);
-  3 tasi (0,3 %)– transport;
-  7 tasi ( 0,7 %) – sog‘liqni saqlash;
-  155 tasi (16,2 %) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.

Ichki bozorda iste'molchilar huquqlarini ta'minlash maqsadida savdo, sog‘liqni saqlash, ta'lim, transport, moliyaviy va kommunal xizmatlar kabi yo‘nalishlarda monitoring kuzatuvlari o‘tkazildi. Shuningdek, "Nazorat xaridi" va "Sirli mijoz" tadbirlarida malakali mutaxassislar faol ishtirok etmoqda.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening