Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida faollar ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda iste’molchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Toshkent viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi Ijrochi direktori Sh.Radjabov olib bordi. U yig‘ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaldagi qonunchilik, fuqarolarning savdo, xizmat ko‘rsatish, onlayn savdo, kommunal xizmatlar, transport, bank-moliya, ta’lim, maktabgacha ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda iste’molchi sifatidagi huquqlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Toshkent viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan tayyorlangan yangi namunaviy targ‘ibot stendi taqdim etildi. Mazkur axborot materialida fuqarolar kundalik hayotda duch keladigan asosiy iste’molchilik yo‘nalishlari – xarid qilish, onlayn savdo, ta’lim, maktabgacha ta’lim, tibbiyot va dorixona xizmatlari, kommunal xizmatlar, transport hamda bank-moliya xizmatlarida iste’molchilarning huquqlari sodda va tushunarli tarzda yoritilgan.
Ta’kidlanganidek, har bir fuqaro mahsulot xarid qilganda yoki xizmatlardan foydalanganda iste’molchi hisoblanadi. Shu sababli o‘z huquqlarini bilish, to‘lov hujjatlarini saqlash, shartnoma shartlari bilan tanishish va zarurat tug‘ilganda qonuniy tartibda murojaat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi hamda mazkur targ‘ibot materiallarini korxona va tashkilotlarda keng qo‘llash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Toshkent viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan bunday targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish orqali aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘rta Chirchiq tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
- Информация о материале
- Автор: Toshkent viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 16
























