Выберите язык

⚡ Qarshi shahrida isteʼmolchi murojaati eʼtibordan chetda qolmadi

🔹 Zamonaviy hayotda mobil telefonlar kundalik ehtiyojlarning ajralmas qismiga aylangan boʻlib, shu sababli nosoz mahsulotlar isteʼmolchiga jiddiy noqulayliklar keltirishi mumkin.

🔹 Bunday holatlarda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari har bir murojaatni sinchkovlik bilan oʻrganib, qonuniy yechim topish va isteʼmolchilarning buzilgan huquqlarini tiklash yoʻlida samarali faoliyat olib bormoqda.

📍 Qashqadaryo viloyati

▪️ Ushbu faoliyat doirasida Nishon tumanida yashovchi fuqaro E.U. Qarshi shahridagi "Bahor" savdo doʻkonidan 2 600 000 soʻm miqdorida naqd pul evaziga qoʻl telefoni xarid qilgan.

▪️ Xariddan bir necha kun oʻtib telefon ishlamay qolib, nosoz holatga kelgan. Fuqaro vaziyatni tushuntirish maqsadida savdo doʻkoniga murojaat qilganida, doʻkon xodimlari va rahbariyati isteʼmolchining murojaatini eʼtiborsiz qoldirgan.

📨 Shundan soʻng fuqaro amaliy yordam soʻrab Qarshi shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

⚖️ Jamiyat mutaxassislari murojaatni qonun doirasida atroflicha oʻrganib chiqishgan.

✅ Natijada, 2 600 000 soʻmga xarid qilingan nosoz qoʻl telefoni yangi va yaroqli mahsulotga almashtirib berildi.

☎️ 1091 — Yagona ishonch telefoni (09:00–18:00)

🔗 Kanalimiz:
https://t.me/Qashqadaryoistemol

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening