Выберите язык

📢 Qarshi shahrida muhim davra suhbati bo'lib o'tdi

Qarshi davlat texnika universitetida “Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (DJTM) Qashqadaryo viloyati hududiy bo'linmasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligida o'tkazildi.

Unda, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi mutaxassisi B.Meyliyev, mahalliy Kengash deputatlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari faollari hamda mahalliy OAV vakillari ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

🔹 Tadbirni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri R.Raupov qatnashdi, yig'ilishni DJTM viloyat bo'linmasi rahbari D. Kesimov  kirish so'zi bilan ochib berishdi.

🔹 Shundan so'ng, D. Kesimov tomonidan "Mahalliy Kengashlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi" mavzusida asosiy ma'ruza va taqdimot namoyish etildi.

🔹 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh yuristkonsulti A. Gulmurodov esa "Mahalliy Kengashlar huzuridagi ekspertlar guruhi ishini tashkil etish" masalalariga alohida to'xtalib o'tdi.

💬 Muloqot so'ngida ishtirokchilar o'rtasida qizg'in fikr va mulohazalar almashinilib, berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening