Выберите язык

📢 QASHQADARYODA DAVLAT GRANTI TANLOVIDA ISHTIROK ETISH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

📍 Qarshi shahar Nodavlat notijorat tashkilotlar uyida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan navbatdagi davlat granti tanlovi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda : O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha  maslahatchisi - matbuot kotibi Botir Meyliyev hamda O‘zNNTMA Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda viloyatda faoliyat yuritayotgan NNTlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

🔹 Seminarda ishtirokchilarga:
— davlat granti tanlovining ustuvor yo‘nalishlari;
— loyiha g‘oyasini shakllantirish;
— maqsad va vazifalarni belgilash;
— kutilayotgan natijalarni aniqlash;
— budjet va moliyaviy hisob-kitoblarni tayyorlash;
— loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish;
— elektron tarzda ariza topshirish tartibi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

📌 Mazkur tanlov 18 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Ularda korrupsiyaning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish, ekologik madaniyat, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish, suvni tejash, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va boshqa dolzarb ijtimoiy masalalar qamrab olingan.

💰 Davlat grantining eng yuqori miqdori — 200 million so‘mgacha.

Shuningdek, seminar yakunida O‘zNNTMA safiga yangi qabul qilingan a’zolarga a’zolik guvohnomalari va maxsus “Welcome Box” to‘plamlari tantanali ravishda taqdim etildi.

🤝 Tadbir NNTlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yangi ijtimoiy tashabbuslarini rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening