Выберите язык

Iste’molchi uchun xarid qilingan mahsulotning sifati bilan birga, uning iste’molchi talablariga javob berishi ham muhim ahamiyatga ega. Lekin ayrim hollarda sotib olingan mahsulotda kamchiliklar yuz berib, iste’molchi bilan sotuvchi o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

Shunday holatlardan biri Nukus shahrida yashovchi Jadigerova Gulziraning murojaatida o‘z aksini topdi.

Murojaatda aytilishicha, uning qizi Nukus shahridagi bozordan 180 ming so‘mga zargarlik buyumini sotib olgan. Mahsulot sifatli deb sotilganiga qaramay, oradan ikki kun o‘tmay, buyum qorayib ketgan.

Iste’molchi mahsulotni sotuvchiga olib borib, uni boshqa mahsulotga almashtirishni yoki to‘lagan pulini qaytarishni so‘ragan. Biroq bu masala bo‘yicha kelisha olmaganligi sababli, iste’molchi amaliy yordam so‘rab murojaat etgan.

Murojaat Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida savdo joyining egasi J.Sh. bilan suhbat o‘tkazilib, vaziyatga doir tushuntirish berildi.

Sotuvchining tushuntirishicha, iste’molchi buyumni sotib olgandan so‘ng bir oy o‘tgach savdo joyiga kelib, mahsulotni almashtirishni so‘ragan. Savdo joyi egasi esa, sotilgan mahsulotlarni ma’lum bir muddat ichida almashtirib berish mumkinligini, shuningdek, sotib olingan buyum oltin emasligini tushuntirishga harakat qilgan.

Eng muhimi, masala faqat so‘z bilan cheklanib qolgani yo‘q. Savdo joyi egasi Yodigorova Gulziraga yangi zargarlik buyumini almashtirib bergan. Shunday qilib, iste’molchining murojaati o‘z yechimini topdi.

Bu holat iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli muassasalarga murojaat qilishi mumkinligini, hamda xarid vaqtida mahsulot haqidagi ma’lumotga e’tibor berish, shuningdek, mahsulotda nuqson aniqlanganda o‘z huquqlarini himoya qilish mumkinligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Murojaat qilindi - masala o‘rganildi - natijada mahsulot yangisiga almashtirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening