Выберите язык

Qiziriq tumanida iste’molchining huquqlari himoya qilinib, sifatsiz o‘rnatilgan mebel buyumlari ta’mirlab berildi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Qiziriq tumani “Yoshlik” mahallasida yashovchi fuqaro Eshquvatova O‘g‘iloy O‘zbekiston Respublikasi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “ishonch” telefoniga murojaat qilgan.

Murojaat Qiziriq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati tomonidan jamoatchilik tartibida o‘rganildi.

Aniqlanishicha, fuqaro “ISHONCH” savdo tarmog‘idan 15 million so‘mlik yotoqxona mebel to‘plamini xarid qilgan. Mebel xonadonga yetkazib berilib, savdo tashkiloti ustalari tomonidan o‘rnatilgan. Biroq o‘rnatish jarayonida ayrim mebel buyumlarida nuqsonlar yuzaga kelgani sababli iste’molchida haqli e’tiroz paydo bo‘lgan.

Murojaatni o‘rganish davomida iste’molchining talab va manfaatlari inobatga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chorasi ko‘rildi. Natijada xarid qilingan yotoqxona mebel to‘plamidagi nuqsonlar ta’mirlab berildi.

Fuqaro Eshquvatova O‘g‘iloy o‘z murojaati ijobiy hal etilganidan mamnunligini bildirib, iste’molchi huquqlarini himoya qilishda ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorligini bildirgan.

Mazkur holat iste’molchi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda yuzaga kelgan muammolarni amaliy yo‘l bilan hal etish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida. Har bir fuqaro xarid qilayotgan mahsulotining sifati va xavfsizligiga, undan tegishli darajada foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi, nuqson aniqlangan taqdirda esa o‘z qonuniy talablarini bildirish huquqiga ega.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening